Maqola va tezislarga qo‘yiladigan talablar tartibi
Ilmiy maqolalar matni WORD matn redaktorida 14 pt o‘lchamili Times New Roman shriftda, pastdan va yuqoridan 2 sm, o‘ngdan 1,5 sm, chapdan 3 sm qilib rasmiylashtirilishi lozim.
Maqola o‘rtadan katta harflar bilan maqola nomi, keyingi qatorda kichik harflar bilan o‘rtadan muallifning ismi, familiyasi, ilmiy darajasi va unvoni, keyingi qatorda ish (yoki o‘qish) joyi va lavozimi, telefon raqami hamda elektron pochtasi, maqola va tezislarning annotatsiya va kalit so‘zlari (o‘zbek, ingliz va rus tillarida) ko‘rsatilishi lozim. To‘plamga kiritiladigan materiallar mazmuni va ularning to‘g‘riligiga mualliflar javobgar hisoblanadi.